O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, Samarqand shahar Registon mehmonxonasi bog‘boni 1960 yilda tug‘ilgan Yo.Shokirov Tayloq tumanida yashovchi kuyovi, S.Zohidovni o‘ldirish uchun odam yollab berishni so‘rab, hamqishlog‘i A.Obloqulovga murojaat qilgan. Kuyovining o‘limi uchun u “yollanma qotil”ga 300 dollar va’da qilgan.
Bog‘bonning hamqishlog‘i A.Obloqulov bu haqda Oqdaryo tumani IIBga ma’lum qilgan. Shundan so‘ng, IIB tomonidan maxsus tadbir uyushtirilgan.
«Mazkur ariza yuzasidan 9 fevral kuni S.Zohidovni yuz qismi qonga bo‘yalgan holda mobil telefonga olingan surati Yo.Shokirovga Daxbed qo‘rg‘oni Paxtaobod ko‘chasida joylashgan choyxonada uchrashib ko‘rsatilganidan so‘ng, “yollanma qotil” A.To‘rayevga 300 AQSh dollarini bergan vaqtida Yo.Shokirov qo‘lga olingan», — deyiladi IIV axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi