Toshkent shahrining tumanlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi, tadbirkorlikni rivojlantirish va muammoli oilalar bilan ishlash ustidan nazorat qilish jamoatchilik kengashlari (keyingi o‘rinlarda – jamoatchilik kengashlari) tuziladi. Prezidentning “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” qarori shundan dalolat bermoqda.
Unga muvofiq jamoatchilik kengashlari tarkibi Toshkent shahri tumanlari xalq deputatlari Kengashlari deputatlari raisligida mahalla faollari, mehnat faxriylari, fan, madaniyat va san’at vakillari, mashhur sportchilar va boshqa jamoatchilik vakillari hisobidan shakllantiriladi.
Jamoatchilik kengashlarini mahallalar va Toshkent shahri tumanlari xalq deputatlari Kengashlari deputatlari soniga mutanosib ravishda sektorlarga biriktiriladi.
Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashiga bir oy muddatda jamoatchilik kengashlari ishini tashkil qilish tartibi, vakolatlari, ularning faoliyatini baholash mexanizmlari va mezonlarni belgilab beruvchi Huquqbuzarliklar profilaktikasi, tadbirkorlikni rivojlantirish va muammoli oilalar bilan ishlash ustidan nazorat qilish jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash tavsiya qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...