Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti Lola Karimova-Tillyayevaning xorijda qolayotganini yozib, uning ijtimoiy tarmoqlarga joylagan suratiga tayangan holda Fransiyada ekanini taxmin qilgan edik.
Bugun, 16 fevral kuni Lola Karimova-Tillyayevaning qayerdaligini aniqlash imkoni tug‘ildi. Jamoatchi ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga surat joylashtirib, ayni damda AQShning Nevada shtati, Las-vegas shahrida ekanini ma’lum qilgan.
Surat ostiga esa "Bugun dunyo bo‘ylab ikki milliardga yaqin inson Xitoy oy taqvimi bo‘yicha Yangi yilni nishonlamoqda. Men esa ushbu nihoyatda go‘zal ko‘chada sayl qilar ekanman, barchaga baxt-saodat, sog‘lik va farovonlik tilayman", deya izoh qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, Lola Karimova 2017 yilning oktyabr oyida AQShda yashayotganini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin