17:20 / 17.02.2018
8 275

O‘zbekistonda dehqon bozorlari xususiy kompaniyalar ixtiyoriga o‘tishi mumkin

O‘zbekistonda dehqon bozorlari xususiy kompaniyalar ixtiyoriga o‘tishi mumkin
O‘zbekistonda bir dehqon bozori va savdo majmuasini ixtisoslashgan xususiy kompaniya boshqaruviga topshirish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu davlat rahbarining tijorat tashkilotlarida davlat ishtirokini yanada kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqidagi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

Dastlabki tajriba-sinov loyihasini Toshkentda o‘tkazish taklif etilmoqda. Poytaxt ma’muriyatiga tajriba o‘tkaziladigan dehqon bozori va savdo majmuasini aniqlash uchun uch oy muddat beriladi. Ular shartnoma asosida kompaniyalarga, xususan mazkur yo‘nalishda faoliyatni tashkil etish va olib borish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy kompaniya boshqaruviga beriladi.

Tajriba-sinov loyihasi yakunlariga ko‘ra 2019 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda Davlat raqobat qo‘mitasi davlat mulkini, jumladan davlat ulushi va davlat korxonalarini ixtisoslashgan maxsus kompaniyalarga topshirish bo‘yicha hukumatga takliflar kiritadi.

Qayd etish joiz, bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat dehqon bozorlari aksiyalarining nazorat paketi Toshkent ma’muriyatiga tegishli. Bozorlar faoliyatini tarkibiga 20 ta bozor va savdo majmuasi kiradigan «Toshbozorsavdo» assotsiatsiyasi nazorat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda dehqon bozorlari xususiy kompaniyalar ixtiyoriga o‘tishi mumkin