07:03 / 21.02.2018
6 341

Moskvalik muslima Qur’onning qadimiy nusxasini 45 million dollarga sotishdan bosh tortdi

Moskvalik muslima Qur’onning qadimiy nusxasini 45 million dollarga sotishdan bosh tortdi
Moskvada yashovchi Anashka Xadjimuradova ismli muslima ayol, vafot etgan bobosining buyumlari orasidan 16-asrga tegishli Suriyada ishlangan Qur’oni Karimning qadimiy nusxasini topib oldi. Avvaliga, ayol mazkur qo‘lyozmani kim oshdi savdosiga qo‘ymoqchi bo‘ladi. Chunki, bu juda qimmatbaho tarixiy yodgorlik ekanini uning atrofidagilar uqtiradilar, deyiladi Aqida.uz saytida.

“Biz ikki turdagi ekspertiza tekshiruvidan o‘tkazdik va Qur’onning 16-asrga tegishliligi haqida aniq bildik. U yerda hattoki, qo‘lyozma qachon va kim tomonidan qoldirilgani haqida ma’lumotnoma ham bor. Londonda menga mazkur nusxa uchun 12 mln. taklif qilishdi. Keyinroq, narx ko‘tarilib 45 mln.AQSH dollarigacha yetib keldi”, deydi Anashka.

Lekin, bu vaqtga kelib muslima Qur’onni sotish fikridan voz kechdi. U din va ilohiy kitob orqali pul ishlash baxt keltirmaydi deb hisobladi va Qur’oni karimning mazkur nusxasini masjidga hadya qildi.

“Pul, boylik baxt keltirmaydi. Men kitobni sotish fikridan qaytdim va uni masjdiga hadya qildim. Bu yerda Qur’on avaylab-asraladi. Men, mening nabiralarim, tanishlarim bu yerga istalgan vaqtda kelib bu kitobni ko‘rishlari, undan foydalanishlari mumkin. Masjid xodimlari mazkur nusxaning naqadar yaxshi saqlanganidan hayratlandilar. U juda yaxshi holatda bo‘lib, uni bemalol o‘qish mumkin”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moskvalik muslima Qur’onning qadimiy nusxasini 45 million dollarga sotishdan bosh tortdi