Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi Guliston mahallasida yashovchi O‘tmas Mansurov (ism-shariflar shartli) ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
19 yoshida ishlash uchun xorijga chiqib ketgan bu shaxs O‘zbekistonga qaytib kelgach, yurish-turishi va xatti-harakati bilan ko‘pchilikni ajablantirayotgandi.
Tergovga qadar olib borilgan surishtiruv ishlari chog‘ida uning 2014 yil kuz faslida Moskva shahriga ishlash uchun ketib, yollanma ishchi sifatida mehnat qilgani, hozirda qidiruvda bo‘lgan akasi Safar Salomovning da’vati ta’sirida faoliyati taqiqlangan “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimiga a’zo bo‘lgani aniqlandi.
O‘tmas oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, Rossiyadan Turkiyaga chiqib ketadi. Suriyada xalqaro terroristik tashkilot safiga borib qo‘shiladi. O‘sha yerda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, taqiqlangan tashkilot faoliyatini kengaytirish, kelgusida “jihod” qilish yo‘li bilan O‘zbekistonning amaldagi konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi faoliyat yuritgan.
Ayni paytda 23 yoshli O‘tmas Mansurovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?