Aytishlaricha, O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov 2018 yilning 22 fevral kuni hibsga olingan. “Xabar.uz” ushbu ma’lumotga aniqlik kiritish uchun 22 fevral kuni soat 23:00 dan boshlab Bosh prokuratura matbuot xizmati (233-64-53), jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i (233-51-27), ishonch telefoni hamda “Call-markaz”i (1007) bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdi. Biroq barcha urinishlar zoye ketdi. Qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermadi.
Hozircha sobiq Bosh prokuror qayerda so‘roq qilinayotgani, u nimada ayblanayotgani ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Respublika Bosh prokurori lavozimida 15 yil ishlagan Rashidjon Qodirov 2015 yil aprel oyida ishdan bo‘shatilgan edi. 2017 yil 7 yanvarda Prokuratura organlari xodimlari kuni oldidan bir guruh prokuratura sohasi xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev prokurorlarni ilk marta qattiq tanqid qilgan edi.
«Erishilgan yutuqlar o‘zimizniki, unga mahliyo bo‘lib o‘tirish bizga yarashmaydi. Bugun sizlar bilan oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida gaplashib olmog‘imiz lozim, - dedi davlatimiz rahbari. - Odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, adolatsizlikka chiday olmaydi. Jamiyatda adolat barqaror bo‘lishida prokuratura organlarining o‘rni katta bo‘lmog‘i kerak...
2017 yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, viloyatlarda prokurorlarning ishiga qarab oylik reytingi tuzib boriladi. Ularning faoliyatiga reyting natijalari asosida baho beriladi...
O‘tgan yili tashkil qilingan Bosh vazirning virtual qabulxonasiga fuqarolardan 311 ming murojaat kelib tushdi. Murojaatlar orasida prokuratura sohasiga tegishlilari ham talaygina. Bu juda achinarli holdir.
Barchamiz o‘zimizga bir savol beraylik: odamlarda nima uchun muammolar bunchalik ko‘payib ketdi, ularning dardini kim eshitadi? Murojaatlarning aksariyati adolatsizlikdan, ularni hech kim eshitmaganidan bo‘lmoqda. Agar prokuratura organlarining eshigi aholi uchun ochiq bo‘lganida, Bosh vazirning virtual qabulxonasiga bu qadar ko‘p murojaat tushmas edi».

Shavkat Mirziyoyev,
2017 yil 7 yanvar
2017 yil 7 yanvar
Shundan so‘ng davlat rahbari bir qancha chiqishlarida, jumladan, 2017 yilning 2 avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prokuratura tizimi izdan chiqib ketgani, korrupsiya botqog‘iga botgani, prokurorlarning odamlarni mensimay qo‘ygani, oyog‘i yerdan uzilganini aytib o‘tgan va bularning barchasida ismini aytmasa-da, avvalgi Bosh prokurorni ayblagan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?