Adliya vazirligida Aholi bandligini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur hujjat tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun aholiga imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar ajratish tartibini belgilab berdi.
Xususan, unga ko‘ra tuman (shahar)dagi sektor rahbari, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari tomonidan beriladigan tavsiyanoma asosida aholiga 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan, eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha (17 224 000 so‘mgacha) yillik 7 foiz stavkada 3 yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi.
Nizomda qayd etilishicha, banklar ichki kredit siyosatiga muvofiq qarz oluvchilarga ta’minot turlaridan birini (garov, kafil, sug‘urta polisi) talab qilmasdan blankli (ishonchli) kredit berish huquqiga ega. Bunda bank qarz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarini sug‘urta qilishi shart.
Mikrokreditlar hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ular tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini tashkil etish, shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot yetishtirish va chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun ajratiladi.
Mikrokreditlar pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi. Shu bilan birga maqsaddan kelib chiqqan holda mikrokredit summasining 30 foizi miqdoridagi qismi naqd pul ko‘rinishida berilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi