“Men mehnat daftarchasiga 4 yillik talabalik davri ham kiritiladi deb eshitgandim, hozirda ishlayman, shuning uchun mehnat daftarchasini ishxonamdan olamanmi yoki o‘qish joyimdanmi?”
Mazkur savolga Yunusobod tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yuriskonsulti Nodira Tosheva javob berdi:
— Mehnat kodeksining 81-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga ko‘ra ,mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
Shuningdek, “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi 402-sonli yo‘riqnomaning 2-qismi 2-bandiga muvofiq, o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi yozuvlar faqat tegishli hujjatlar (attestat, guvohnoma, diplom)ga asosan yoziladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizga mehnat daftarchasi hozirgi kunda ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilotiningiz tomonidan yuritiladi hamda oliy ta’lim muassasasini tamomlaganingizdan so‘ng diplomingizga asosan 4 yillik talabalik davringiz to‘g‘risidagi ma’lumot ham kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi