11:41 / 24.02.2018
5 935

Toshkentdagi ko‘cha va yo‘llardan “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgilari olib tashlanmoqda

Toshkentdagi ko‘cha va yo‘llardan “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgilari olib tashlanmoqda
Toshkent shahar IIBB tarqatgan xabarga ko‘ra, ayni kunlarda shaxar ko‘cha va yo‘llaridagi 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” va 3.28 “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarini xatlovdan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda, deb ma’lum qiladi Xabar nashri.

Xatlov jarayonida yuqorida qayd etilgan yo‘l belgilarining harakat ishtirokchilariga ko‘rinish darajasiga, shuningdek ularning ko‘cha va yo‘llar belgilangan qismlaridagi mavjud holatga mosligiga e’tibor qaratilmoqda.

Xatlov natijalariga ko‘ra o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgilari olib tashlanib, 3.28 “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilariga almashtirilyapti.

“Ushbu yo‘nalishda ko‘rilayotgan choralar yo‘l harakati ishtirokchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi va yo‘lovchilarni muammosiz tushirib chiqarish imkoniyatini yaratadi”, deyiladi IIBB xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi ko‘cha va yo‘llardan “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgilari olib tashlanmoqda