
Ota juma namozini ado etib uyiga keldi. Mehribon otani eshik oldida yoshgina qoriya qizi qarshi oldi. Otaning ko‘zi quvonchga to‘lib, mehri jo‘shib ketdi. Qizidan xursand bo‘lib, rafiqasini chaqira boshladi:
- Onasi, hoy onasi!
- Labbay! - degan ovoz eshitildi oshxonadan.
- Mana meni qizim! Kimda bor shunaqa qiz?
- Mening otamda bor! - dedi ona xozirjavoblik bilan.
Hammalari baravariga kulib yuborishdi. Chunki uning rafiqasi xam qoriya edi. O‘zbek ayollari orasida 30 porani to‘liq yod olgan muslimalar ko‘payaversin!
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar