20:22 / 25.02.2018
5 282

Toshkent viloyati avtomobil yo‘llarida foto va video qayd etish tizimi ishga tushdi

Toshkent viloyati avtomobil yo‘llarida foto va video qayd etish tizimi ishga tushdi
M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Termiz” avtomobil yo‘lining Toshkent viloyati hududidan o‘tgan 806—871-kilometrlari oralig‘ida o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari to‘laqonli ishga tushirildi, deb xabar beradi “Daryo.uz” Toshkent viloyati IIB matbuot xizmatiga tayanib.

Ushbu tizim yordamida bir sutkada jami 1051 ta qoidabuzarlik aniqlandi.

“Qoidabuzarliklarni hududlar (viloyatlar) kesimida tahlil etilganda, Toshkent shahridan 391 ta, Toshkent viloyatidan 243 ta, Sirdaryodan 78 ta, Samarqanddan 92 ta, Qashqadaryodan 88 ta, Jizzaxdan 60 ta, Surxandaryodan 32 ta, Buxorodan 22 ta, Navoiydan 13 ta, Xorazmdan 11 ta, Farg‘onadan 5 ta hamda Andijon va Namangan viloyatlari haydovchilari tomonidan 4 tadan belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarliklari sodir etilgan”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyati avtomobil yo‘llarida foto va video qayd etish tizimi ishga tushdi