17:01 / 27.02.2018
4 935

Milliy xavfsizlik xizmatini niqob qilgan firibgar aniqlandi

Milliy xavfsizlik xizmatini niqob qilgan firibgar aniqlandi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi Soqchi mahallasida yashovchi Qaytmas Ayig‘ov ichki ishlar idorasiga murojaat etib, (ism-shariflar o‘zgartirilgan) 2013 yil dekabr oyida Denov tumanilik A’zam Azamatovga Buxoro davlat tibbiyot institutiga qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qishga kiritib qo‘yish sharti bilan bergan 70 million so‘m pulini qaytarib ololmayotganini ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.

Murojaat yuzasidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari chog‘ida aniqlanishicha, Q.Ayig‘ov 2013 yil dekabr oyida Denov tumanidagi Qoraxon mahallasida yashovchi A’zam Azamatov bilan tanishib qoladi. 32 yoshdagi bu shaxs o‘zini Toshkent shahrida diniy ekstremizm bo‘yicha Milliy xavfsizlik xizmatida ishlayman, deb tanishtiradi. Gap orasida Buxoro davlat tibbiyot institutining test sinovlaridan yetarli ball to‘play olmagan Qaytmas Ayig‘ovning qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qish uchun hujjat topshirganini eshitib, yigirma yoshdagi abituriyentning “qo‘ltig‘ini puch yong‘oqqa” to‘ldiradi. Unga Buxoro shahridagi hamkasb do‘stlari orqali yordam berishini aytib, ishonchiga kiradi. Xarajatlari uchun naqd 70 million so‘m pulini aldov yo‘li bilan olib ketadi.

Qing‘ir yo‘l bilan shifokorlik kasbini egallamoqchi bo‘lgan Q.Ayig‘ovning denovlik firibgar tanishi A.Azamatov yaqin kunlarda bu qilmishi uchun odil sud oldida javob beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy xavfsizlik xizmatini niqob qilgan firibgar aniqlandi