2017 yilda E-Sud elektron sud tizimi orqali fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 442,7 ming ariza topshirildi. Bu barcha ko‘rib chiqilgan ishlarning 40 foizini tashkil etadi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz” O‘zbekistondagi BMTTD matbuot xizmatiga asoslanib.
Elektron sud tizimining joriy etilishi natijasida sudlariga o‘rtacha tashriflar soni 6−7 martadan 2−3 martagacha qisqardi, shuningdek, tomonlarning xarajatlari 10 foizga kamaydi.
Bundan tashqari, E-Sud tizimi yordamida sudlarda O‘zbekistonning uzoq hududlarida istiqomat qiluvchi 3000 nafardan ziyod ayollarning voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment to‘lanishi bilan bog‘liq bahslarda ijobiy yechim topdi. Bu 2017 yilda sudlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan barcha ishlarning 10 foizini tashkil etadi.
Elektron tizim 2013 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Oliy sudi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining hamkorlikdagi “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi sohasidagi hamkorlik” loyihasi doirasida amalga oshirilgan. Bugungi kunda tizim mamlakatdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha barcha 75 sudda faoliyat ko‘rsatmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...