Bu voqea Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida sodir bo‘ldi va butun O‘zbekiston bo‘ylab aks-sado berdi. Birdaniga to‘rt kishining shafqatsizlarcha o‘ldirilishi va bu holat deyarli bir hafta davomida e’tiborsiz qoldirilishi dillarni larzaga soldi, deb yozadi Xabar nashri.
Ikkisi norasida go‘dak bo‘lgan to‘rt odamni birvarakayiga pichoqlab tashlashga qodir, hazrati inson nomini ko‘tarib yurgan bunday maxluqlarning qaydan paydo bo‘lishi hammani o‘ylantirishi tabiiy. Ne ajabki, bunday manfur kimsalar sizu-biz nafas olayotgan havodan nafas oladi, biz ichgan suvdan ichadi, shu yurtning farzandi hisoblanadi. Ammo ular qadagan tig‘ nafaqat o‘sha to‘rt nafar marhumning, balki butun millatning ko‘ksiga qadaladi.
Ijodiy guruhimiz bilan voqea joyiga borganimizda qotillik sodir etilgan uy tergov harakatlari davom etayotgani bois yopiq ekan. Bu uyni tashqi tomonidan ko‘rib, shunday ko‘rkam va obod mahallada, havas qilgudek xonadonda yashab turib ham qanday ziddiyatga borish mumkinki, odamzod bu darajaga yetsa deb o‘ylanib qolasiz. Ammo harchand urinmang, bu savolga javob yo‘q. Inson johilligi, ma’naviyatsizligi ortidan shafqatsizlikni odat qiladi va oxir-oqibat hissiz hayvonga aylanadi.
Taqdim etilayotgan videolavhalarda kishi ko‘nglini behuzur qiladigan tasvirlar mavjud.
Andijon viloyati teleradiokompaniyasining shu mavzuga oid videolavhalaridan foydalandik va buning uchun hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi