3 mart kuni Urganch shahridagi Faxriddin Ar-Roziy madrasasining “Tahfizul Qur’on” guruhida o‘qiyotgan talaba Abdurrahmon qori Mamadaliyev musobaqaga tayyorlanish jarayonida 30 pora Qur’oni karimni bir kunda, bir o‘tirishda (namozga, taomlanishga, tahoratga chiqishlar mustasno) yoddan ustozlari Tolibjon va Muhammadsiddiq domlalarga luqma olmasdan o‘qib berdi. Bu haqda madrasa mudarrisi Ne’matullo qori Aminjon eshon ma’lum qildi, deyiladi Azon.uz saytida.
Mudarrisning qayd etishicha, bu yaqin yuz yilda Xorazmda kuzatilmagan holat bo‘lsa ajab emas. Sababi Xorazmning qadim Xiva madrasasida o‘qigan so‘nggi talaba Qorilaridan Nurullo qori buva Xiva xonining oldida o‘ttiz porani o‘qib berganini vafotlaridan oldin dadam bilan duolarini olgani borganimizda (bir senga qori buvani duolarini olib berin deb bundan yigirma besh yillarcha oldin, oborgandilar) gapirib berganlar, (100 yoshlarga kirib vafot etgandilar) u paytlari madrasani tugatib qori bo‘lgan talabalar xonni oldida ustoziga o‘qib berib imtihondan o‘tar ekanlar.
Prezident tashabbusi bilan o‘tayotgan Qur’on musobaqasiga nafaqat Xorazm, balki yurtimizning barcha go‘shalarida musobaqaga tayyorlanayotgan qanchadan-qancha yigit va qizlar tunu kun Qur’on o‘qib, yurtga barakotlar yog‘ilishiga sabab bo‘lishyapti.
Endi yurtimizdagi shu musobaqaga tayyorlanib, Qur’on o‘qiyotgan minglagan Qorilarning Qur’oni sababidan, yurtimizga qanchadan qancha Allohning rahmati va barakotlari yog‘ilayotganini, sakiyna va farishtalar tushayotganini, savoblar, yaxshiliklar tushayotganini bir tasavvur qilib ko‘ring. Kim bir ezgu ishni birinchi bo‘lib boshlasa yoki tashabbus qilib sababchi bo‘lsa, o‘sha savobli ishni qilganlarga qancha savob berilayotgan bo‘lsa, Alloh taolo u ishni boshlab bergan yo tashabbus ko‘rsatgan insonga ham hech qanday kamaytirilmasdan o‘sha savobdan nomai a’moliga savob yozdirar ekan. Ilohim, bunday musobaqalar bardavom bo‘laversin, deya so‘zini yakunlaydi madrasa mudarrisi Ne’matullo qori Aminjon eshon. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?