“O‘ztemiryo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2018 yilning 2 yanvaridan Qozog‘iston va Rossiya temir yo‘l yo‘nalishlariga 45 foizgacha chegirmalar joriy qilingani mamlakatimiz tomonidan o‘zaro preferensiyalar taqdim etish borasidagi intilishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
O‘z navbatida, Qozog‘istonda “Beynov – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi” avtomobil yo‘lining rekonstruksiyasi boshlab yuborildi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Uzunligi 85 kilometr, umumiy qiymati qariyb 20 milliard tengeni tashkil etadigan mazkur yo‘l uchastkasi “Toshkent – Samarqand – Buxoro – Nukus – Atirau – Astraxan” xalqaro tranzit-transport yo‘lagi tarkibiga kiradi. Ushbu yo‘lak mamlakatimizga Kaspiybo‘yi mintaqasi hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga chiqish imkonini beradi.
Shuningdek, Qozog‘istonning Maqtaaral tumani hududidan o‘tgan Toshkent va Samarqandni bog‘lovchi avtomobil yo‘lining qayta ishga tushirilishi, Toshkent – Olmaota yo‘nalishida tezyurar poyezd va ikki mamlakat shaharlarini bog‘lovchi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgani hududlararo madaniy-gumanitar aloqalar rivoji, savdo aylanmasi hamda investitsiyalar hajmining sezilarli oshishini ta’minlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi