3 975
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi xorij OAVlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga kutilayotgan davlat tashrifi hali boshlanmasidanoq xorij ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Xususan, Yaponiyada chop etilib, Osiyo — Tinch okeani mintaqasi ekspertlari va ilm-fan doiralari vakillari orasida katta nufuzga ega bo‘lgan “The Diplomat” jurnalida mazkur mavzuga bag‘ishlangan tahliliy maqola e’lon qilindi.
Maqola muallifi Katerin Pus Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari lavozimini egallaganidan so‘ng qo‘shnilar bilan aloqalarni tiklash bo‘yicha faol chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini e’tirof etib, qisqa vaqt ichida O‘zbekiston rahbari Turkmanistonga uch marotaba, Qozog‘istonga to‘rt marta, Qirg‘izistonga bir marotaba tashrif buyurganini eslatib o‘tadi.
Sharhlovchi Tojikiston bilan hamkorlik deyarli “nol”dan boshlanganini ta’kidlab, bu omil Dushanbeda bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarning ahamiyatini yanada ko‘tarishini yozadi.
Katerin Pusning fikricha, 2017 yildan Toshkent va Dushanbe o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovining tiklanishi tomonlarning davlatlararo rishtalarni tubdan yaxshilashga yakdil intilishini yaqqol ko‘rsatdi.
“Katta masofadagi chegaraga ega ikki mamlakat o‘rtasida havo, avtomobil hamda temir yo‘l aloqasining tiklanishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “Katta strategiya”sining tarkibiy qismidir”, deyiladi maqolada.
Jurnalda yozilishicha, Dushanbega tashrif yakuni bo‘yicha, jumladan, davlatlararo viza tartibining o‘zgarishi kutilmoqda. Shu ma’noda, “The Diplomat” O‘zbekiston hukumatining Tojikiston bilan chegarada to‘qqizta o‘tkazish punktini ochish haqida yaqinda e’lon qilingan qarorining yuqori ahamiyatga egaligini yozadi. “Mazkur qaror orqali, — deya ta’kidlaydi jurnalist, — Toshkent o‘z siyosiy irodasini namoyon qildi”.
“The Diplomat” O‘zbekiston Prezidenti tashrifi oldidan Dushanbeda hukm surayotgan yuqori kayfiyatni sharhlar ekan, Tojikiston hukumati davlat chegarasida o‘tkazish punktlarining ochilishi haqidagi xabarni ko‘tarinki ruhda qabul qilganini aytib o‘tdi. Temir yo‘l aloqasining tiklanishi esa nihoyatda muhim voqea bo‘ldi, zero, bu orqali O‘zbekiston va boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga sharoit yaratiladi.
Rasmiy Toshkent tomonidan hayotga tatbiq qilingan diplomatik chora-tadbirlar qisqa muddatda o‘z mahsulini bermoqda. So‘zining tasdig‘i sifatida Katerin Pus O‘zbekiston hamda Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2017 yilda 85 foiz ortganini ta’kidlab, avval hech ham bunday ko‘rsatkichlar kuzatilmaganini ta’kidlaydi. “Kelajakda fuqarolar, tovarlar va xizmatlarning chegara orqali o‘tishi yanada osonlashganda, mazkur natijalar bundan-da tez salmoq kasb etadi. Savdo aloqalarining kengayishidan har ikki tomon birdek manfaat topadi”, deya ishonch bildiradi muallif.
Maqola yakunida aytilganidek, Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi nafaqat mintaqada, balki dunyoda katta umid uyg‘otmoqda. Ushbu hodisa bugun mintaqaviy hamkorlikka nisbatan keng miqyosli yondashuvning tarkibiy qismi bo‘lib, Toshkent o‘z tashqi siyosatida aynan shunday tamoyilga amal qilayotir. Muammo hamda to‘siqlar, albatta, bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi, ammo quvonarlisi shundaki, ularni yengib o‘tishga istak hamda iroda bor, deya xulosa qilinadi “The Diplomat” jurnalida chop etilgan maqolada. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi