
Jinoyat haqida xabar bergan fuqarolarni moddiy rag‘batlantirish 3 bosqich – tuman, viloyat va respublika bosqichida amalga oshiriladi.
“Avvallari, chet ellarda jinoyat ochilishiga qaysidir ma’noda yordam bergan yoki jinoyat haqida xabar qilgan shaxslarga mukofotlar berilishi haqida bilar edik. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bizda shu narsa 3 toifada tashkil etildi. Tuman, viloyat va respublika miqyosida. Unga ko‘ra, berilgan xabar natijasida qanday og‘irlikdagi yoki qandaydir ahamiyatga molik jinoyat ochilishi hisobga olinib, tuman miqyosida bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida, viloyat miqyosida 15, respublika miqyosida bo‘lsa 20 baravari miqdorida mukofot puli beriladi”, - dedi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbiddin Burhonov XPKning navbatdagi sessiyasida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar