11:38 / 09.03.2018
5 132

Endi qarindoshingizning sudlangani sizga halaqit bermaydi

Endi qarindoshingizning sudlangani sizga halaqit bermaydi
Mehnat kodeksi 78-moddasining ikkinchi qismiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilib, shaxsning muqaddam sudlanganligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno yohud yaqin qarindoshlarining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishini taqiqlovchi normani o‘rnatish nazarda tutilmoqda.

Bu haqda milliy axborot agentligi adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i Xudoyor Meliyevga tayangan holda xabar berdi.

Bosh Qomusimizga ko‘ra, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega.

Amaldagi qonunchilikda shaxsning o‘zini yoki yaqin qarindoshlarini muqaddam sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishi tartiblari aniq belgilanmagani, fuqarolarning mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Ushbu holat, amaliyotda shaxsni yaqin qarindoshlarining yoki o‘zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etish holatlari kuzatilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib tayyorlangan qonun loyihasi bilan Mehnat kodeksi 78-moddasining ikkinchi qismiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilib, shaxsning muqaddam sudlanganligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno yohud yaqin qarindoshlarining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishini taqiqlovchi normani o‘rnatish nazarda tutilmoqda.

Ushbu loyihaning qabul qilinishi muqaddam sudlangan, jazoni to‘liq o‘tab kelgan shaxslarni ahloqan tuzatish, yangi jinoyat sodir etishining oldini olish, ishga joylashtirish va normal hayotga moslashtirish masalalarini hal etishga yo‘naltiriladi.

Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Hozirda ushbu qonun Senatning yalpi majlisida ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi qarindoshingizning sudlangani sizga halaqit bermaydi