20:27 / 11.03.2018
13 145

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni onasi betahorat emizmagan

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni onasi betahorat emizmagan
«Mehrob.uz» nashri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning nasabi, oilasi, yoshlik davrlari haqida ma’lumot berdi.

Nasab va tavalludi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning nasabi quyidagicha:
1. Maralboy;
2. Mirzaboy;
3. Arabboy;
4. Qalamboy;
5. Eshbo‘ta;
6. Qo‘shbo‘ta;
7. Boybo‘ta;
8. Muhammad Yusuf;
9. Muhammad Sodiq.

Shayx Muhammad Sodiq hijriy 1371 yil 21-rajab – melodiy 1952 yil 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Asaka tumanida, Niyozbotir qishlog‘ida Muhammad Yusuf domla xonadonida tavallud topdi. 1960 yili Muhammad Yusuf domla diniy xizmat yuzasidan Andijonning Buloqboshi tumaniga imom bo‘lib saylangach, bu oila mazkur tumanga ko‘chib o‘tdi. Muhammad Yusuf domla mazkur Buloqboshi tumanida 45 yil imom-xatiblik qilgan va o‘z masjidida juma oldidagi mav’iza asnosida vafot etgan.

Yoshlik davri
Alloh rahmat qilsin, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ixlos va taqvo xonadonida dunyoga keldi. Otasi ustoz Muhammad Yusuf domla Boybo‘ta o‘g‘li rahmatli Andijon viloyatining ko‘zga ko‘ringan ahli ilmlaridan, taqvo va ibodatda mustahkam, din-u el xizmatida kamarbasta kishi bo‘lgan. Alloh rahmatiga olsin, onalari Tilakberdi qizi Sobiraxon ona ham juda sodda, parhezkor, ibodatgo‘y, fidokor, samimiy ayol edi. Ustoz Muhammad Yusuf domla va Sobiraxon ona farzandlarining tarbiyasiga qattiq e’tibor berishgandi. Onasi chaqaloqni imkon qadar betahorat emizmasdi. Uni bir lahza ham nazardan chetda qo‘ymas edilar. Muhammad Yusuf domla farzandi Muhammad Sodiqning ilm olishiga bor e’tiborlarini qaratgandi. Maktabda a’lo baholarga o‘qishiga, uyda mustaqil mutolaa qilishiga alohida ahamiyat berardi.

Shayx Muhammad Sodiqning ilk ustozi otasi bo‘lgan. U boshlang‘ich diniy ta’limni otasidan oldi. Qur’oni Karim, sarf, nahv kabi boshlang‘ich ilmlarni otasidan o‘rgandi. Muhammad Sodiq yoshligidan juda ko‘p kitob o‘qirdi. U ilmga, kitobga qattiq muhabbat qo‘ygan edi. Uning kitobdan ortgan vaqti bo‘lmagan. Kechasi uxlab qolguncha mutolaa qilardi.

Shuningdek, Muhammad Yusuf domla ham ko‘plab ahli ilmlarning xizmatini qilib, farzandi arjumandining haqqiga juda ko‘p duolar qilardi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni onasi betahorat emizmagan