
Avval xabar berganimizdek, 9 mart kuni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining asosiy binosida «Yoshlar press-klubi»ning maxsus soni «Yoshlar tarbiyasida diniy ma’rifat masalasi» mavzusida muloqot bo‘lib o‘tdi. Ko‘rsatuv Ittifoqning Facebook’dagi sahifasi orqali jonli tarzda namoyish etildi.
Unda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiya markazidan vakillar ishtirok etdi.
Qiziqarli va konstruktiv ruhda o‘tkazilgan bu press klubda yoshlarning savollarini ko‘rsatuv boshlovchisi o‘qib eshittirdi.
Ta’lim muassasalari va ish joylarida ayol-qizlarning ro‘moliga bo‘layotgan salbiy munosabat, nima uchun ularning ro‘molini yechtirishga urinish bo‘layotgani haqidagi savolga Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Shoazim Minovarov quyidagicha javob berdi:
«Hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz, ko‘chalarda ayol-qizlarimiz ro‘molda yurishibdi, hattoki mashina haydashyapti. Bu albatta yaxshilik alomati. Lekin mana bundek muammo ko‘tarilgan ekan, demak qayerdadir shu muammo bor. Ushbu muammo o‘rganiladi va hal qilinadi. Lekin mana so‘rovchi ham aytib o‘tibdi. Qonunda taqiq yo‘qligiga qaramasdan shu narsa bor. Demak, qonunda chindan ham taqiq yo‘q. Ro‘molni opa-singillarimiz viloyatlarda ham o‘rab yurishibdi. Hech kim, hech qachon, hech narsa degani yo‘q. Bu bizning milliy kiyimimiz. Uni o‘rash-o‘ramaslik opa-singillarimizning shaxsiy huquqlari. Hijob masalasida bo‘lsa, bu ham taqiqlanmagan, lekin qayerdadir muammo bo‘lsa, bugungi ko‘rsatuvning o‘ziyoq ana shu narsani chuqurroq o‘rganishga undaydi. Albatta ijobiy hal bo‘ladi». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar