Toshkent shahridagi kuzatuv kameralari yordamida jami sodir etilgan jinoyatlarning 30 foizi fosh etilmoqda. Shu bois, kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari davom ettiriladi. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev 10 mart kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda shu haqda ma’lum qildi.
“Jinoyat-qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha 787 ta sodir etilgan jinoyatning 706 ta ochilgan bo‘lsa, shundan 216 ta jinoyat videokameralar vositasida fosh etilgan. Bu 30 foizni tashkil etadi. Toshkent shahrida bugungi kunda 140 mingdan ortiq videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Bu yo‘nalishdagi ishlar hali davom etmoqda. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, buning foydasi katta, deyish mumkin. Birgina Moskva shahrida 200 mingdan ortiq kameralar o‘rnatilgan. U yerdagi jinoyatlarning 70 foizi videokuzatuv kameralari vositasida fosh etilgan. Shunga binoan, Toshkent shahrida ham kameralar o‘rnatilishi davom ettiriladi”, - dedi Rustam Jo‘rayev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi