O‘zbekiston poytaxti hududi har tomonlama himoyalangan, dedi jurnalistlarga 9 mart kuni o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev.
IIBB rahbariga ochiq muloqotda ishtirok etayotgan jurnalistlardan biri "Toshkent favqulodda vaziyatlardan qanchalik himoyalangan?" degan savol bilan murojaat qilgan edi.
Bu savolga javoban Jo‘rayev O‘zbekiston poytaxtida jinoyatchilikka qarshi kurashda nafaqat IIBB xodimlari, balki Milliy gvardiya, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari yordamida kompleks ishlar olib borilishini ma’lum qildi.
"Poytaxt hududi hamma tomonlama himoyalangan, shu bois shahrimizga tashrif buyuradigan mehmonlar bu borada xavotir olmasliklari mumkin. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, biz har qanday xavfni bartaraf qilishga tayyormiz", — dedi Jo‘rayev.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston FVV sobiq rahbari Rustam Jo‘rayev Toshkent IIBB boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. Mazkur lavozimda Jo‘rayev O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘rinbosari, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan Bahodir Qurbonovning o‘rnini egallagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»