Samarqandda yo‘lovchi tashiyotgan ikki avtobusning «poyga»si ulardan birining ariqqa kirib qolishi bilan yakun topdi. Hodisa aks etgan video Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» (Drivers.uz) guruhiga joylandi, deb yozadi Daryo nashri.
Videoda transport vositalari bilan gavjum chorrahadan Isuzu rusumli ikki avtobus xuddi poyga o‘ynayotgandek, yonma-yon tarzda tezlik bilan chiqib kelganini, ammo burilishda avtobuslardan biri noto‘g‘ri mo‘ljal olgani tufayli, bir tomondagi g‘ildiraklari yo‘l chetidagi ariqqa kirib qolganini ko‘rish mumkin. Shundan keyin bir yoniga og‘ib qolgan avtobus to‘xtagan, ikkinchi avtobus esa hech narsa bo‘lmagandek, o‘z yo‘lida davom etgan. Video so‘ngida yo‘lovchilar avtobusdan chiqib ketayotganini ko‘rish mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?