19:42 / 15.03.2018
6 197

Quvaytda o‘zbek oshi birinchi o‘rinni oldi

Quvaytda o‘zbek oshi birinchi o‘rinni oldi
Quvaytda «Saud Alarfaj-group» kompaniyasi tashabbusi bilan milliy taomlar festivali tashkil etildi. Unda xorijiy mamlakat diplomatlari ishtirok etdi. Bu haqida Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston elchixonasi mehmonlarni mamlakatimiz haqidagi materiallar, sayyohlik yo‘nalishlari, ta’lim va sayyohlik tizimidagi islohotlar, xalq amaliy san’ati namunalari, milliy liboslar, bezak buyumlari bilan yaqindan tanishtirishdi.

Shuningdek, mehmonlar an’anaviy oshxonaga tashrif buyurib, o‘zbek milliy taomi oshning tayyorlanish jarayoniga guvoh bo‘lishdi. Osh pishgach esa festivalga tashrif buyurgan mehmonlar va ishtirokchilar o‘zbek taomini tatib ko‘rdilar.

Hay’at a’zolarining bergan baholari bo‘yicha o‘zbek oshi birinchi o‘rinni egalladi va O‘zbekiston elchixonasiga esdalik sovg‘alari hamda har qanday mamlakatdagi biznes-klassda ishtirok etish uchun 2 ta chipta topshirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Quvaytda o‘zbek oshi birinchi o‘rinni oldi