Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vitse-prezidenti Surayyo Yer va agentlikning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Ihsan Chag‘lar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda TIKA tomonidan O‘zbekiston Respublikasida talab yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar berildi. Jumladan, TIKA rahbariyati Farg‘ona vodiysida hudud ehtiyojidan kelib chiqqan holda, kasb-hunarga o‘qitish markazlarini ochish, ayniqsa, talab yuqori bo‘lgan tikuvchilik, avtomobilsozlik, mashinasozlik, payvandlash va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘qitish tizimini yaratishga e’tibor qaratdi.
Kasb-hunar o‘rgatishda Turkiya Respublikasidan malakali kadrlarni jalb qilib, ta’lim sifatini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan malakali kasb egalari mehnat faoliyatini boshlashida kerakli jihoz va anjomlar bilan ta’minlab berilishi alohida ta’kidlandi.
Ushbu tizim avvalo Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ishga tushirilishi va keyinchalik respublikamizning qolgan viloyatlarida ham xuddi shunday markazlar ochilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi