Shavkat Mirziyoyev: «Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik»

Shavkat Mirziyoyev: «Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik»
Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib, “Daromad baxt omad” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan issiqxona bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Gidroponika usulidagi mazkur issiqxonada yiliga 1 ming 800 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib, MDH mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik, dedi prezident. Tumanning zax, toshloq yerlariga gidroponika juda mos. Bunday issiqxonalarni kengaytirish, nima bozorbop bo‘lsa, shuni ekish kerak. Bu yo‘nalishni rivojlantirish uchun mutaxassislar tayyorlash zarur.
Shavkat Mirziyoyev: «Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik»
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev: «Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik»
Foto: Prezident matbuot xizmati
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar