
Foto: «President.uz»
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Ishtixon tumani Xina qishlog‘ida yashovchi Toshquvvat Rajabov xonadonida bo‘lgan edi.
Yetmish yoshdan oshgan Toshquvvat otaning tomorqasini ko‘rgan odamning havasi keladi. Hamma joy saranjom-sarishta. Mevali daraxtlar, meva-sabzavotlar ekilgan. Mo‘’jazgina issiqxona tashkil etilgan.
— Bir gapni har doim aytaman: hech kim chetdan kelib bizga bir narsa qilib bermaydi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Boqimandalik, befarqlik eng yomon illatlar. Dunyoda harakatsiz boy bo‘lgan davlat ham, xonadon ham yo‘q-ku! Biz ham farovonlikka faqat o‘z mehnatimiz, o‘z harakatimiz bilan erishishimiz mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar