00:30 / 22.03.2018
5 366

Yangiyo‘lda Damas haydovchisi urib yuborgan 30 yoshli ayol vafot etdi

Yangiyo‘lda Damas haydovchisi urib yuborgan 30 yoshli ayol vafot etdi
Foto: Toshkent viloyat IIB matbuot xizmati

Yangiyo‘lda Damas haydovchisi urib yuborgan 30 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berganligini Daryo ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, 19 mart kuni soat 00:30 larda Yangiyo‘l shahrida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan S. Choriyev o‘z boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinani «Yangiyo‘l buyum bozori» chorrahasida boshqarib ketayotganida yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda, 1988 yilda tug‘ilgan Y. Vasilevani urib yuborgan. Oqibatda piyoda Y. Vasileva olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida vafot etgan.

Marhumaning 1 nafar farzandi borligi aytilmoqda.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Toshkent viloyat IIB matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘lda Damas haydovchisi urib yuborgan 30 yoshli ayol vafot etdi