12:20 / 22.03.2018
6 978

Tovlamachi ayol qarmog‘iga ilingan "oshiq"...

Товламачи аёл қармоғига илинган "ошиқ"...
Xo‘jaobod tumanida yashovchi «Munira» ismli yosh ayol qo‘shni Buloqboshi tumanida yashovchi «T.O.» ismli yigit bilan tanishib, o‘rtalarida yaqin munosabat yuzaga keladi.

Ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng «Munira» tovlamachilik yo‘liga o‘tib, yigitdan katta-katta miqdorda pul talab qilishni boshlaydi. Agar u so‘ragan pullarni bermasa, yigitning yashash uyiga, mahallasiga, ish joyiga borib, janjal ko‘tarishini, sharmanda qilishini aytib, bir necha bor pul oladi.

«Munira» bu olgan pullar bilan cheklanib qolmaydi. Yigitning ish joyiga kelib, 3600 AQSh dollari miqdorida pul berishini talab qiladi. Tovlamachi ayolning tahdidlaridan qutila olmagan yigit ichki ishlar idorasi xodimlariga «Munira» va uning onasiga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, murojaat qiladi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi tegishli tuzilmalari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘zini «Munira» deb tanishtirgan shaxs hamda uning onasi Andijon shahar, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan «Gumbaz» mehmonxonasi oldida jabrlanuvchini boshqa bezovta kilmaslikllari haqida tilxat yozib berishib, kimyoviy ishlov berilgan 3600 AQSh dollarini olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

«O‘zA» nashri xabar berishicha, ayni paytda ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ko‘zg‘atilib, surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tovlamachi ayol qarmog‘iga ilingan "oshiq"...