Rossiyaning NTV kanalida efirga uzatiladigan “Poyedem, Poyedim!” nomli mashhur sayyohlik shousining navbatdagi sonlaridan biri O‘zbekistonga bag‘ishlanadi.
O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi PR-markazi taklifiga binoan yurtimizga tashrif buyurgan mazkur ko‘rsatuvning suratga olish guruhi 19 – 26 mart kunlari Toshkent shahri va diyorimizning janubiy hududlarida faoliyat yuritadi. Joriy yil fevral oyidan boshlab mazkur qo‘mitaning asosiy axborot hamkoriga aylangan “Dunyo bo‘ylab” telekanali xodimlari rossiyalik hamkasblariga texnik va ijodiy ko‘mak ko‘rsatadi, shuningdek, mahalliy efir uchun maxsus ko‘rsatuv ham tayyorlashadi.
Eslatib o‘tamiz, “Poyedem, Poyedim!” pazandachilik-etnografik shousi O‘zbekistonga ikkinchi bor tashrif buyurdi. 2015-2016 yillarda mazkur shou uchun ingliz teleboshlovchisi Jon Uorren tomonidan O‘zbekiston haqida tayyorlangan ko‘rsatuv muxlislarda katta qiziqish uyg‘otgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin