
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 20 mart kuni bir guruh bosqinchining jinoiy rejasi amalga oshmadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV boshqarmasi xabariga asosan Daryo ma’lum qildi.
Shu kuni soat 03:45 atrofida Sh.Isoqov, M.Najimov, I.Shafigullin, K.Aripov va H.Zuhrullayev jinoiy til biriktirib, Hakimzoda ko‘chasida yashovchi S.Mamatovning uyiga bosqinchilik maqsadida devor oshish yo‘li orqali bostirib kiradi va unga tan jarohati yetkazadi.
S.Mamatov bosqinchilarga faol qarshilik ko‘rsatadi va ko‘tarilgan shovqin tufayli ular hech narsa ololmay, voqea joyidan yashirinadi.
Ko‘rilgan choralar natijasida bosqinchilar qo‘lga olindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar