Poytaxtdagi “Sergeli” va “Yangiobod” bozorlarini Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumaniga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Toshbozorsavdo” uyushmasi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
Avtobozorni Sergeli tumanidan ko‘chirish masalasi aholiga tug‘dirayotgan noqulaylik bilan asoslanmoqda. Bozor turar joy mavzelarini shahar markazi bilan bog‘lovchi yo‘lda tirbandliklarni keltirib chiqarmoqda. “Yangiobod” bozori esa uning o‘rnini “Yashnobod” innovatsion texnoparki egallashi munosabati bilan ko‘chirilmoqda.
Avvaliga bozorlarni poytaxt viloyatining Chinoz tumaniga ko‘chirish imkoniyati ko‘rib chiqilgan edi. Biroq hozirda buning uchun Yuqorichirchiq tumanining “Navro‘z” mahallasidan 50 gektar maydon taklif qilinmoqda, deya ma’lum qildi uyushma vakili.
“Toshbozorsavdo”ga zarurat tug‘ilganda yangi joyga ko‘chish uchun tadbirkorlarni yuk mashinalari va ishchi kuchlari bilan ta’minlash vazifasi topshirildi.
Toshkent shahar hokimligi vakili bozorlarni ko‘chirish uchun takliflar ichidan aynan Yuqorichirchiq varianti tanlab olinganini tasdiqladi. Hozirda u yerda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. “Aniq Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi, biroq qachonligi hozircha noma’lum”, — dedi poytaxt ma’muriyati vakili.
Ma’lumot uchun, “Sergeli” avtomobil bozori maydoni 23,7 gektar, ishlatilgan buyumlar savdosiga ixtisoslashgan “Yangiobod” bozori esa 15,1 gektarni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Yangiobod” bozori Bektemir tumaniga ko‘chirilishi bildirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi