10:36 / 27.03.2018
5 381

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan iPhone​ sabab ikki fuqaro vafot etdi

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan iPhone​ sabab ikki fuqaro vafot etdi
Namangan viloyatining Pop tumanida 25 mart kuni soat 22.00larda Oybek MFY Bobur ko‘chasi 14-uyda yashagan, 1986 yilda tug‘ilgan B.Rahmatov uyi hovlisida joylashgan hojatxonasiga tushib ketgan “I Phone” mobil telefonini olish maqsadida qo‘shnisi, shu ko‘cha 1985 yilda tug‘ilgan E.Niyazovni yordamga chaqirib, B.Rahmatov arqon yordamida hojatxona ichiga tushgan va hushini yo‘qotgan, shunda E.Niyazov, B.Rahmatovni qutqarish maqsadida hojatxona ichiga tushib u ham hushini yo‘qotgan, shundan so‘ng B.Rahmatovning birga yashovchi otasi, 1956 yilda tug‘ilgan H.Rahmatov ularni qutqarish maqsadida hojatxonaga tushgan vaqtida u ham is gazidan zaharlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, E.Niyazov, B.Rahmatov, H.Rahmatovlar O‘zR FVV viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan chuqurdan olib chiqilganlarida E.Niyazov va B.Rahmatovlar zaxarlanib voqea joyida halok bo‘lganlari aniqlanib, H.Rahmatov esa kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 13 iyul kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroning hojatxonasida og‘ir gazdan zaharlanish oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. Bunga sabab hojatxonaga tushib ketgan Samsung Galaxy J7​ uyali telefonini olmoqchi bo‘lishganligi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda hojatxonaga tushib ketgan iPhone​ sabab ikki fuqaro vafot etdi