
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Samarqand tumani xodimlari tomonidan Samarqand shahar, 1-tug‘uruqxona vrach-ginekologi pora olayotganda qo‘lga olindi.
Samarqand shahar, 1-tug‘uruqxona vrach-ginekologi, Firuza Mo‘minova ko‘rsatgan tibbiy xizmati uchun bemor Norqulova va Vahobovadan 150 AQSh dollari miqdorida pora so‘ragan.
Shifokor huquq-tartibot idorasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi. Ushbu holatni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rish mumkin.
"Men tibbiy yordam so‘rab, Samarqand shahar 1-tug‘uruqxona vrach-ginekologi huzuriga bordim. Shunda, shifokor F.Mo‘minova tibbiy xizmat uchun mendan 150 AQSh dollari miqdorida pul talab qildi. Shundan keyin tuman departamentiga murojaat qildim", - deydi bemor Baxtigul Norqulova.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar