23:02 / 31.03.2018
8 617

"Malibu"da o‘g‘rilik sodir etgan buxorolik qaynota-kuyov qo‘lga olindi (foto)

"Малибу"да ўғрилик содир этган бухоролик қайнота-куёв қўлга олинди (фото)
Buxoro viloyati Romitan tuman IIBga, O‘ba MFY, Yoqubshayx qishlog‘ida yashovchi Beshim Safarov ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs yashash uyi molxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bahosi 5.000.000 so‘mlik sigirini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildiradi.

Shu kuning o‘zida Shofirkon tuman IIBga, Chitgaron MFY, Chitgaron qishlog‘ida yashovchi Hakim Qazoqov ham molxonasidan bahosi 400.000 so‘mlik qo‘yini o‘g‘irlab ketilganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.

Romitan tumani O‘ba mahalla fuqarolar yig‘ini, Yoqubshayx qishlog‘ida tungi vaqtda shubhali kezib yurgan “Malibu” avtomashinasi IIB xodimlarini e’tiborsiz qoldirmadi.

Ushbu avtomashinaning belgilarini ilg‘agan xodimlar uning ortidan kuzatuv ishlari olib borishganda, avtomashina Vobkent tumani, Shakarkent MFY, Xalach qishlog‘ida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan Aminov Shamsi Sharopovichga tegishli ekanligi aniqlandi.

Shamsi Aminov muqaddam sodir etgan turli jinoyatlari uchun 9 marotaba sudlanib, oxirgi marotaba giyohvandlik bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni sodir qilganligi uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan bo‘lsada, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, uni yana tekin boylik orttirishning xumori tutadi.

Bu gal u o‘zining qing‘ir “faoliyati”ni amalga oshirishda o‘zining kuyovi, Vobkent tumani, Shakarkent MFY, Xalach qishlog‘ida yashovchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiningg 266-moddasi bilan sudlangan, 1988 yilda tug‘ilgan Ergashov Mardon Majidovichni jinoiy sherik sifatida tanlab, qaynota-kuyov bir guruhga birlashadilar.

Puxta o‘ylangan rejalariga asosan, ular Buxoro viloyatining turli hududlarida yashovchi fuqarolarning qoramol va qo‘y-qo‘zilarini yashirin ravishda o‘g‘irlashga kelishib oladilar.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatlarni qaynota-kuyov birgalikda sodir qilganliklari aniqlanishiga erishilib, shu orqali viloyatning turli hududlarida sodir etilgan va ochilmasdan qolayotgan mol o‘g‘riliklari fosh etildi.

Qaynota-kuyov qing‘ir harakatlaridan hech kim shubhalanmasligi uchun qo‘lga kiritilgan qo‘y-qo‘zilar, hattoki, qoramollarni ham Shamsi Aminovga tegishli bo‘lgan "Malibu" rusumli avtomashinada tashib kelganlar.

Aminov Shamsi Sharopovichning yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, dala hududida joylashgan molxonasida turli hududlardan o‘g‘irlab kelingan qo‘y-qo‘zilar va qoramollar, bundan tashqari, turli ehtiyot qismlar va yoqilg‘i mahsulotlari borligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolar Mardon Ergashov va Shamsi Aminovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Malibu"da o‘g‘rilik sodir etgan buxorolik qaynota-kuyov qo‘lga olindi (foto)