16:27 / 04.04.2018
8 220

Ogoh bo‘ling! Litsenziyasiz “kirakashlar”ga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

Ogoh bo‘ling! Litsenziyasiz “kirakashlar”ga qarshi reyd o‘tkazilmoqda
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi 238-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida O‘zbekiston avtomobil transporti agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan.

Mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Agentlik va uning boshqarmalari tomonidan yo‘llarda reyd tadbirlari o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1461- (tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonunda belgilangan majburiyatini bajarmasligi), 165- (faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi xujjatlarsiz shug‘ullanish), 1763- (avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), 1764- (taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga, yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yo‘lga chiqarmaslikka doir talablarni buzish) hamda 198-moddalari (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilish) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Qoidabuzarlar ustidan o‘tkazilgan sayyor sudda 40 nafar qoidabuzarning ish ko‘rib chiqilgan. Ulardan 38 nafariga MJtKning 1763-moddasiga ko‘ra jarima tayinlangan.

Agentlikning Sirdaryo viloyat boshqarmasida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida esa 16 ta ish ko‘rib chiqilgan. Bunda 13 nafar haydovchi eng kam ish haqining 3-5 baravari miqdorida jarimaga tortilgan. Yana 3 nafari esa, litsenziyalangan tashuvchi korxonaga a’zoligi hisobga olinib, ogohlantirildi – bir oy muddatda faoliyatini qonunlashtirmagan taqdirda ularga ham jarima jazosi qo‘llaniladi.

Manba: Asr.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ogoh bo‘ling! Litsenziyasiz “kirakashlar”ga qarshi reyd o‘tkazilmoqda