O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida qarori (VMQ-269, 06.04.2018 y.) qabul qilindi.
Ushbu hujjatga ko‘ra, ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda davlat notarial idorasi idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali:
2019 yil 1 yanvardan O‘zbekistonning barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) elektr va gaz ta’minoti;
2021 yil 1 yanvardan boshlab issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish bo‘yicha qarzdorlik haqidagi ma’lumotlarni mustaqil oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 1 iyuldan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi notariuslar ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda notariuslar quyidagi ma’lumotlarni fuqarolardan emas,
balki mustaqil ravishda elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshirishi lozim:
- bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi;
- soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini;
- doimiy propiskaga ega shaxslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan) shaxslarning pasportiga oid ma’lumotlarni.
Toshkent shahrida esa, 2017 yil 1 iyuldan boshlab, ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda talab etiladigan hujjatlarni (pasport va kadastr yig‘ma jildidan tashqari) notariuslar mustaqil ravishda elektron hamkorlik orqali tekshirishi shart, deb yozadi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi