12:53 / 12.04.2018
5 721

Farg‘onada o‘g‘il o‘z otasini boshiga ketmon bilan urib o‘ldirdi

Farg‘onada o‘g‘il o‘z otasini boshiga ketmon bilan urib o‘ldirdi
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida ruhiy kasal o‘g‘il mast holatdagi otasining boshiga ketmon bilan urib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

10 aprel kuni soat 17:00 atrofida, «Guliston» MFY Navbahor ko‘chasi 37-uyda yashovchi, ruhiy kasal, 1989 yilda tug‘ilgan Dilmurod Qo‘chqanov uyida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan birga yashagan otasi, 1962 yilda tug‘ilgan Dadajon Qo‘chqanovning boshiga ketmon bilan urib jarohat yetkazgan, so‘ng voqea joyidan yashiringan.

Dadajon Qo‘chqanov kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada o‘g‘il o‘z otasini boshiga ketmon bilan urib o‘ldirdi