
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida fojia yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 14 aprel soat 01.00larda Obod MFY Gulzor ko‘chasida yashagan, 1982 y.t. F.K. uyi hammomida elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida shu yerda bo‘lgan 50 litr hajmli gaz ballonidan sizib chiqib xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.
Natijada hammom oldida joylashgan o‘tinxonaning ichki qismi yonib zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida F.K. hamda birga yashagan onasi, nafaqaxo‘r, 1953 y.t. M.T.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar