O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurash va sadoqat bilan mehnat qilish haqida gapirib, sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov va uning o‘rinbosari lavozimida ishlagan ikki nafar sobiq amaldorlar haqida vaqti soati bilan batafsil ma’lumot berishini aytdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Joriy yilning 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda nutq so‘zlagan davlat rahbari jumladan shunday dedi:
«Sobiq Bosh prokurorning 2 nafar o‘rinbosari ham qamoqqa olingan. Bundan tashqari, [sobiq] MXX raisining 3 nafar o‘rinbosari ham qamoqda. Bittasi (Shuhrat G‘ulomov - tahr.) umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan. Nimaga? Korrupsiya! Vaqt keladi, tergov harakatlari tugasin, men hammasini televideniye orqali aytaman: Bosh prokuror (Rashid Qodirov nazarda tutilmoqda - tahr.) nimalar bilan shug‘ullangan».
Eslatib o‘tamiz, bundan avval prezident Samarqandda o‘tgan yig‘ilishda ham 7 tuman prokurorining faoliyati haqida gapirgandi.
«Samarqandda ham 7 tuman prokurori har oyda berib turgan. Har oyda 2 ming dollardan bergan, prokuror bo‘lish uchun 35-40 ming dollardan bergan. Tayloq tumani prokurori 40 ming bergan bo‘lsa, bu pulni qaytarishi uchun Tayloqni sotishi kerak-ku? Mana qanday vaziyatda yashaganmiz», deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi