16:04 / 19.04.2018
4 050

Zaharli qo‘ziqorinlarni sotgan ayol jinoiy javobgarlikka tortildi (video)

Zaharli qo‘ziqorinlarni sotgan ayol jinoiy javobgarlikka tortildi (video)
Poytaxtda konservalash va saqlash qoidalariga to‘la rioya qilmagan holda tayyorlangan mahsulotdan bir necha kishi jabrlandi, bir kishi vafot etdi.

Toshkent shahri Yashnabod tumanida mazkur holat yuzasidan, ya’ni fuqaro Olesya Danilova ishi bo‘yicha ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u 2017 yilning mart oyida "Aviasozlar" dehqon bozoridan notanish ayoldan uch xil turdagi, jami 18 gk qo‘ziqorin xarid qiladi. Ularni qayta ishlab, qishga saqlab qo‘yadi.

Ayol shu yilning sentyabr oiyda qo‘ziqorinning bir qismini "Oloy" bozoriga olib chiqib sotadi.

Aynan qo‘ziqorin sotuvga chiqarilgan sanada, 12 sentyabr kuni Respublika epidimioligiya markazi hamda epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutiga zaharlanish simptomlari bilan og‘rigan bemorlar kela boshladi. Ushbu mahsulotni iste’mol qilgan jami 7 kishi shifoxonaga murojaat qildi.

2017 yil 20 sentyabr kuni esa Margarita Koshleva kuchli zaharlanish oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

O‘tgazilgan sayyor sud majlisida barcha holatlar muhokama qilindi va sud hukmi o‘qildi.

Jabrlanuvchilarning davosi yo‘qligi va boshqa yengillashtiruvchi holatlar inobatga olinib, sudlanuvchiga nisbatan tayinlangan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 72-moddasini qo‘llagan holda 1 yilu 6 oylik sinov muddatiga almashtirildi.

Ushbu holat yuzasidan voqea tafsilotlarini quyidagi HAVOLA orqali ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zaharli qo‘ziqorinlarni sotgan ayol jinoiy javobgarlikka tortildi (video)