Ma’lum muddat "Samarqandshahargaztrans" filiali "Bog‘ishamol" bo‘limida gaz nazoratchisi bo‘lib ishlagan Bektosh sog‘lig‘idagi muammolar tufayli ishdan bo‘shadi, deb yozmoqda Zarnews.
Oradan bir yil o‘tgach, mehnat faoliyatini tiklash uchun qayta ariza beradi va tegishli buyruq rasmiylashtirilishini kutmasdan Samarqand shahar "Lohutiya" mahallasida "nazoratchilik"ni boshlab yuboradi.
Avval shu hududda nazoratchi bo‘lib ishlagan Zohid bilan aholi xonadonlarida bo‘lib, gaz hisoblagichlarni tekshirishadi. Jumladan, fuqaro H.Xo‘jayarov xonadonidagi ishlayotgan gaz hisoblagichni yaroqsiz deb topib, 4 million so‘mdan ziyod miqdorda qarzdorlik yozishadi va ogohlantirish xatini uy egasiga tutqazishadi.
H.Xo‘jayarov buncha mablag‘ni to‘lay olmasligini bildirganida "nazoratchilar" 1 yarim million so‘m evaziga qarzdorlikni yo‘q qilib berishini aytadi. Dastlab 200 ming so‘mni olgan Bektosh va Zohid bir necha kundan keyin uy egasidan qolgan pulni ham talab qiladi.
Ularning harakatlaridan shubhalangan H.Xo‘jayarov bu haqida huquq-tartibot organlariga murojaat qildi. Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida "gaz nazoratchilari" jabrlanuvchidan 1 million so‘m pulni olayotgan vaqtda ushlandi.
Sud hukmi bilan ularga tegishli jazo tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi