
Samarqand viloyati perinatal markazi shifokori 300 ming so‘m pulni pora tariqasida olgan vaqti qo‘lga olindi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Tezkor xabarlar» dasturida ma’lum qilindi.
Xabar berishlaricha, u markazda operatsiya qilingan bemorning turmush o‘rtog‘idan 800 ming so‘m so‘ragan. So‘ralgan pulning 300 ming so‘mini olayotgan vaqtida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlangan.
Xabar berishlaricha, shifokor G‘iyosiddin kichkina Shakarovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar