
Avval xabar berganimizdek, 21-26 aprel kunlari Olmazor tumanidagi Yoshlar ittifoqining madaniyat saroyida «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni daqiqalarda, ya’ni 24 aprel kuni erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Unga ko‘ra, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi Nuriddinov Yo‘ldoshbek qori Ibrohim o‘g‘li «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin sohibi bo‘ldi.
Qayd etish kerak, oliy o‘rin sohibiga Prezident sovg‘asi - "Lacetti" mashinasi beriladi.
Eslatib o‘tamiz, yurtimizda birinchi marotaba Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 3 bosqichli Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar