Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati
Xorazm viloyati Urganch tumanidagi G‘oybu qishlog‘ida joylashgan “Shirintoy” bolalar bog‘chasiga Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi arafasida ikkita poni oti olib kelindi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligining matbuot xizmatiga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Endilikda ushbu bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalar ippoterapiya ya’ni ot ustida yurish orqali fizioterapiya muolajasini olishlari mumkin bo‘ladi.
“Psixologiya nuqtai nazaridan ot bilan aloqa insonda ijobiy hissiyot uyg‘otadi. Uning baquvvat bo‘lishiga ko‘maklashadi”, — deyiladi xabarda.
“Shirintoy” bolalar bog‘chasidagi oltita guruhda 120 nafar tarbiyalanuvchi bo‘lib, unda sport, rus va ingliz tillari bo‘yicha guruhlar mavjud.
Mahalliy aholi vakillari takliflariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasasida yana ikkita qisqa muddatli tayyorlov guruhlari ochildi va hozirda ularda 50 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Bolalar bog‘chasi 2,6 milliard so‘m miqdoridagi investitsiyalar hisobiga barpo etildi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Agrippina Shin bog‘chada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va ta’lim jarayoni bo‘yicha tavsiyalar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi