O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
“Toshkent shahri hokimi etib kimni tayinlaganimizdan xulosa qilinglar. Munosib odamlar ko‘p, oddiy, vatanparvar, hisob-kitobni biladigan, yangilikka intiladigan... Bitta kafolat – xalqimizni rozi qilish. Qanday qilib? Har kuni tashabbus, izlanish, intilish kerak. O‘tirib, ko‘zbo‘yamachilik uchun qilingan ishlar kerak emas.
Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari, rahbarlar xorijdan 1 mln dollardan investitsiya olib kelmasa, menga undaylar kerak emas. Hammani bo‘shataman. Yana 6 oy ko‘ramiz, bo‘lmasa Toshkentda bitta shahar hokimi qoladi, 11 yordamchi bo‘ladi. Soliq, militsiya, prokuror, hammasini qisqartirib tashlayman. Yana bir marta aytaman: olti oy chidayman. Olti oyni ichida o‘zgarish bo‘lmasa, hammasini yopamiz, bitta Toshkent shahar hokimi va 11 yordamchisi bo‘ladi. IIB ham, prokuror ham, soliq ham bo‘lmaydi. Bu o‘zgarishlar bekorga bo‘lmayapti. Aravani torta olmayapsizlar, hozirgi zamonga munosib bo‘la olmayapsizlar.
Toshkent shahridagi hamma rahbarlar bilsin: hammangizlar Xorazmga o‘xshab vaqtinchalik ishlayotganlar. Shuncha vaqtdan beri Toshkent bo‘yicha chidadim, lekin endi chiday olmayman. Toshkentning bunday toshbaqa qadamlari bilan shahar xalqini munosib turmush darajasiga ko‘tara olmaymiz. Shuning uchun bunday o‘zgarishlarni qilishga majbur bo‘ldim”, - degan Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi