Poytaxtdagi yirik bozorlardan biri – Qo‘yliq dehqon bozori Toshkentdan tashqariga ko‘chiriladi, deb xabar berdi Sputnik.
Ushbu ma’lumotni Sputnik muxbiriga Bektemir tumani hokimi Shopo‘lat Asqarov tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorning ko‘chirilish muddati aniq emas, hozirda uning qayerga ko‘chirilishi masalasi hal qilinmoqda.
“Hozirda Toshkent viloyatida bozor ko‘chiriladigan joy aniqlanmoqda, u yerda yangi pavilonlar va barcha zarur infratuzilma bunyod etiladi. Bu ishlarni o‘tgan yili boshlash rejalashtirilgandi. Yangi bozor qurib bitkazilganidan keyin Qo‘yliq dehqon bozori u yerga ko‘chiriladi, uning yonida joylashgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori o‘z o‘rnida qoladi. Buyum va qurilish bozorlari ham joyida qoladi”, — dedi Asqarov.
Bozor ko‘chirilganidan so‘ng uning o‘rnida nima qurilishi hozircha noma’lum. Bu yerda Toshkent viloyatidan kelganlar shahar jamoat transportiga chiqishlari uchun zamonaviy transport bog‘lamasi qurilishi mantiqqa mos kelgan bo‘lardi. Balki Qo‘yliq bilan “Do‘stlik” bekatini bog‘laydigan yerusti metrosi halqa yo‘lining so‘nggi bekati shu yerga qurilar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi