
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, Yunusobod tumani IIO FMB 5-son IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida 1978 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan D.Akromov (ismlar o‘zgartirilgan) xonadonidan 1 ta 12 kalibrli TOZ-43 rusumidagi ov miltig‘i, 1 ta pnevmatik qurol, 29 dona foydalanilmagan ov o‘qi, 59 dona foydalanilgan ov miltig‘i o‘qi borligi aniqlandi va tegishli tartibda olib qo‘yildi.
Ma’lum bo‘lishicha, qurollar D.Akromovning 2004 yilda vafot etgan otasiga tegishli bo‘lgan. Biroq fuqaro shu vaqtga qadar ularni huquq posbonlariga topshirmay o‘z uyida noqonuniy ravishda saqlab kelgan.
Ballistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qurol-aslahalarning ma’lum bir qismi foydalanishga yaroqli. Shu bois fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahar IIBB poytaxt aholisidan ruxsat etilgan tegishli hujjatlarsiz saqlanayotgan qurollari bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga topshirishlarini so‘raydi. Eslatib o‘tamiz, qurollarni ixtiyoriy ravishda topshirgan fuqarolar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
Toshkent ShaharIchki IshlarTezkor TadbirQurollar Olib Qo‘yildiJinoyat KodeksiBallistik EkspertizaFoydalanilmagan O‘qHuquq PosbonlariFuqarolarni Topsirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar